Abduqodir Husanov 2026-yilgi jahon chempionatida eng tezkor futbolchi deb topildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 2026-yilgi jahon chempionatining birinchi turi yakunlariga ko‘ra eng tezkor futbolchilar uchligiga kirdi. FIFA rasmiy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, u 36,5 km/soat tezlikka erishib, Norvegiya hujumchisi Erling Holand bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishdi.
Birinchi o‘rinni Avstraliya himoyachisi Jordan Bos egalladi — 36,7 km/soat. U Husanov va Holanddan atigi 0,2 km/soatga tezroq bo‘ldi. Shu bilan birga, Husanov Kilian Mbappe (35,1 km/soat) va Son Hyn Min (35,2 km/soat) kabi futbolchilardan yuqori natija ko‘rsatdi. E’tiborlisi, Husanov va Holand — “Manchester City” klubidagi jamoadoshlar — FIFA reytingida ikkinchi pog‘onani bo‘lishdi.
22 yoshli Husanov Angliya Premyer-ligasi tarixidagi ilk o‘zbekistonlik futbolchi hisoblanadi. U 2025-yil yanvar oyida 40 million yevro evaziga “Manchester City”ga o‘tgan. Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2026-yil boshidayoq uni muvaffaqiyatli transfer sifatida baholagan.
Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi ham ajralib turdi: SofaScore platformasi ma’lumotiga ko‘ra, yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev birinchi turdagi eng tezkor o‘yinchilardan biri bo‘lib, 36 km/soat tezlikka chiqdi. Aynan u O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi ilk golini kiritdi.
Birinchi tur yakunlariga ko‘ra eng tezkor 3 futbolchi (FIFA):
- Jordan Bos (Avstraliya) — 36,7 km/soat
- Erling Holand (Norvegiya) — 36,5 km/soat
- Abduqodir Husanov (O‘zbekiston) — 36,5 km/soat
Birinchi turda O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyaga 1:3 hisobida yutqazdi. Keyingi o‘yin Portugaliyaga qarshi 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da bo‘lib o‘tadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
