Fayzullayev — JCh-2026 birinchi turining eng tezkor futbolchisiga aylandi

Sport 20 iyun, 15:36
Fayzullayev — JCh-2026 birinchi turining eng tezkor futbolchisiga aylandi

Oʻzbekistonlik yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionatining birinchi bosqichida eng tezkor futbolchiga aylandi. Kolumbiyaga qarshi oʻyinda 22 yoshli futbolchi 36 km/soat tezlikka erishdi - bu, SofaScore platformasiga koʻra, turning barcha ishtirokchilari orasida eng yaxshi koʻrsatkichdir.

Xorvatiyalik Yosip Stanishich (35,9 km/soat) undan biroz ortda qolgan boʻlsa, Kot-d’Ivuar vakili Vilfrid Sinyo kuchli uchlikni yopdi - 35,8 km/so.

Shuningdek u oʻyinda u Oʻzbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi ilk golini urdi va buni boshi bilan amalga oshirdi. Opta statistik platformasi ma’lumotlariga koʻra, boʻyi 167 sm boʻlgan oʻzbekistonlik yarim himoyachi XXI asr rekordini oʻrnatdi: u jahon chempionatida gol urgan eng past futbolchiga aylandi.

4530

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→