Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentning Abdulla Qodiriy koʻchasida haydovchilar uchun yangi burilish ochildi

Jamiyat 19 iyun, 12:36
Toshkentning Abdulla Qodiriy koʻchasida haydovchilar uchun yangi burilish ochildi

Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy ko‘chasida harakat sxemasi yangilanib, haydovchilar uchun yangi qayrilish joyi tashkil etildi. O‘zgarishlar ortiqcha yo‘l bosish masofasini sezilarli darajada kamaytirdi.

Yo‘l harakatini tashkil etish va monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, ilgari Ekopark tomondan kelib, Movarounnahr hamda Mahatma Gandi ko‘chalari tomon yo‘l olmoqchi bo‘lgan haydovchilar qayrilish uchun 2 kilometrdan ortiq masofa bosib o‘tishga majbur edi.

Endilikda esa qayrilish imkoniyati bevosita Abdulla Qodiriy ko‘chasining o‘zida tashkil etildi. Natijada haydovchilarga taxminan 500 metr yurishning o‘zi yetarli bo‘lmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, qayrilish uchun zarur yo‘l deyarli to‘rt baravarga qisqargan, Hortiqcha masofa esa qariyb 75 foizga kamaygan.

Shuningdek, vaqt tejalishi ham sezilarli. Avval ushbu manyovr uchun 6–8 daqiqa sarflangan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich o‘rtacha 1,5–2 daqiqani tashkil etmoqda. Bu esa har bir haydovchi uchun o‘rtacha 4–6 daqiqa vaqt tejash imkonini beradi. Ushbu yo‘nalishdan har kuni minglab avtomobillar foydalanadi. Yangi yechim nafaqat haydovchilar uchun qulaylik yaratadi, balki qo‘shni ko‘chalardagi transport yuklamasini ham kamaytiradi.

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi poytaxtda transport oqimini yaxshilash va yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan ishlarga davom etilishini ma’lum qildi.

2600

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→