O‘zbekistonda bolalarni noto‘g‘ri tashish uchun haydovchilarni 3 yilgacha huquqdan mahrum qilish taklif etildi

O‘zbekistonda bolalarni tashish qoidalarini buzganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik joriy etilishi mumkin. Bu bo‘yicha qonun loyihasi Bosh prokuratura tomonidan jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi 128-11-modda kiritilishi rejalashtirilmoqda. U bolalarni tashish va ularni tashishni tashkil etish qoidalarini buzish uchun javobgarlikni belgilaydi.
Loyiha doirasida bolalarni noto‘g‘ri tashgan haydovchilarga 30 bazaviy hisoblash miqdori (taxminan 12,36 mln so‘m) miqdorida jarima solish va 1 yildan 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish taklif etilmoqda.
Agar qoidabuzarlik haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yoki avval huquqdan mahrum qilingan shaxs tomonidan sodir etilsa, jarima 50 BRVgacha (taxminan 20,6 mln so‘m) oshirilishi yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanishi mumkin.
Shuningdek, bolalarni tashishni noto‘g‘ri tashkil etganlik uchun ham alohida jarima belgilanadi — 30 BRV. Agar bunday holat bir yil ichida takrorlansa, jarima 50 BRVgacha oshiriladi.
Hozirda bunday holatlar ko‘pincha odam tashish qoidalarini buzish sifatida rasmiylashtiriladi. Bu modda bo‘yicha jarima atigi 2 BRVni tashkil etadi, ya’ni ancha yumshoq choralar qo‘llanadi.
Qonun tashabbusi yo‘l-transport hodisalarida jabrlanayotganlar orasida bolalar ulushi yuqoriligi bilan izohlanmoqda. Asosiy sabab sifatida esa xavfsizlik talablariga amal qilinmasligi ko‘rsatilmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, faqat 1–12 may kunlari orasida maktabgacha yoshdagi bolalarni tashishda 170 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Ushbu holatlarda jami 3872 nafar bola tashilgan, o‘rtacha har bir avtomobilda 23 nafardan bola bo‘lgan.
Qoidabuzarliklarning katta qismi xususiy va oilaviy bolalar bog‘chalari bilan bog‘liq ekani qayd etilgan. Bu esa bolalarni tashishda xavfsizlik talablari yetarli darajada bajarilmayotganini ko‘rsatadi.
Bosh prokuratura amaldagi qonunchilik bunday holatlar uchun yetarli darajada qat’iy choralar belgilamaganini, shu sababli qoidabuzarliklar davom etayotganini ta’kidlamoqda.
Qonun loyihasi qabul qilinsa, bolalarni tashish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar uchun javobgarlik sezilarli darajada kuchayadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
