O‘zbekistonda muddati o‘tgan mahsulotlar uchun jarimalarni oshirish taklif qilindi

Oʻzbekistonda yaroqlilik muddati oʻtgan mahsulotlarni sotganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 178-moddasiga qoʻshimchalar kiritish loyihasini birinchi oʻqishda qabul qildi.
Tashabbus iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasini oshirish va aholi salomatligi uchun xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan. Hujjatda yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni, shuningdek, ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati toʻgʻrisida majburiy ma’lumotga ega boʻlmagan mahsulotlarni sotishga qabul qilish va sotish uchun sanksiyalarni kuchaytirish nazarda tutilgan.
Amaldagi tartibga ko‘ra, bunday huquqbuzarlik uchun fuqarolarga 3 dan 10 BHMgacha, mansabdor shaxslarga esa 7 dan 10 BHMgacha jarima qo‘llanadi. Shu bilan birga, qoidabuzarlik predmeti majburiy tarzda musodara qilinadi.
Agar huquqbuzarlik takroran sodir etilsa, fuqarolar uchun jarima 5–10 BHMgacha, mansabdor shaxslar uchun esa 10–20 BHMgacha oshadi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda mahsulot sifatini nazorat qilishning qoʻshimcha mexanizmlari joriy etilmoqda. Xususan, 2026-yilning mart oyidan boshlab bir qator mahsulot toifalari uchun raqamli yorliqlash tizimi joriy qilingan boʻlib, u avtomatik tarzda kassada yaroqlilik muddati oʻtgan mahsulotlarni sotishni bloklab qoʻyishi mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
