Oʻzbekistonda DFC ishtirokida raqamli bank ishga tushirilishi mumkin

Oʻzbekistonda Amerika xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) ishtirokida raqamli bankni ishga tushirish masalasi koʻrib chiqilmoqda. Bu masala Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSh Eksimbanki va DFC rahbariyati bilan Toshkentdagi uchrashuvida muhokama qilindi.
Muzokaralar Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida boʻlib oʻtdi. Unda Eksimbank rahbari Jon Yovanovich va DFC bosh direktori Ben Blek ishtirok etdi. Tomonlar AQSh moliya institutlarining Oʻzbekistondagi loyihalarda – energetika, infratuzilma, resurs qazib olish va raqamli rivojlanishdagi ishtirokini muhokama qildi.
Raqamli bankni ishga tushirish hamkorlik yoʻnalishlaridan biri sifatida koʻrildi.
Oʻzbekiston va Eksimbank energetika sohasini modernizatsiya qilish loyihalarini tezlashtirishga kelishib oldi. Shuningdek, mahalliy biznes uchun eksport kreditlashni kengaytirish masalasi ham koʻrib chiqildi.
DFC ishtirokida qoʻshma investitsiya platformasini yaratish masalasi ham muhokama qilindi. U sogʻliqni saqlash, energetika va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishga xizmat qiladi.
Amaliy bosqichga oʻtkazilishi rejalashtirilgan loyihalar qatoriga Toshkentda yangi aeroport, Fargʻona viloyatida tibbiyot majmuasi, data-markazlar va quruq portlar qurilishi kiradi. Ushbu roʻyxatda raqamli bankni ishga tushirish ham bor.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyihalarni amalga oshirish boʻyicha aniq qadamlarni belgilovchi qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
