Oʻzbekiston Janubiy Yevropa bozorlariga Durres porti orqali chiqish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda

Oʻzbekiston Albaniyaning Durres porti orqali Janubiy Yevropa mamlakatlariga eksport yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini oʻrganadi. Bu kelishuv 16-iyun kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Bayram Begay oʻrtasidagi muzokaralar yakunida ma’lum qilindi.
Koʻksaroy qarorgohida rasmiy delegatsiyalar ishtirokida oʻtgan uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi tarixdagi ilk oliy darajadagi sammit boʻldi. Tomonlar ushbu muloqotni hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadigan qadam sifatida baholadi.
Muzokaralarda savdo hajmini oshirish va amaliy hamkorlikni kengaytiruvchi kompleks dastur tayyorlashga kelishildi. Dasturga qishloq xoʻjaligi, yashil energetika, geologiya, axborot texnologiyalari, raqamlashtirish va turizm kabi yoʻnalishlar kiritiladi.
Logistika masalalari ham muhim yoʻnalish sifatida belgilandi. Tomonlar Durres portini Oʻzbekiston mahsulotlarini Janubiy Yevropa va Oʻrta yer dengizi bozorlariga yetkazish uchun logistika markazi sifatida ishlatish imkoniyatini koʻrib chiqadi. Bu eksport geografiyasini kengaytirish va tashish yoʻllarini qisqartirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Iqtisodiy hamkorlikni tizimli rivojlantirish uchun hukumatlararo komissiya tuzishga kelishildi. Uning ilk yigʻilishini joriy yil yakuniga qadar Toshkentda oʻtkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, tomonlar gumanitar aloqalarni ham faollashtirish niyatida. Madaniyat kunlari, koʻrgazmalar, kino namoyishlari va ijodiy jamoalar gastrollarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
