Namanganda ta’lim tizimidagi korrupsiya holatlari fosh etildi

Namangan viloyatida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida korrupsiya holatlari fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi. Tezkor tadbirlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘limlaridan birining rahbari xizmat xonasida 8,5 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Ushbu pul To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro tomonidan berilgan.
Aniqlanishicha, mansabdor shaxs fuqaroni Namangan shahridagi maktablardan biriga direktor etib tayinlash evaziga 10 ming dollar talab qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi avval ham jinoiy javobgarlikka tortilgan. U 2011-yilda tovlamachilik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab soxtalashtirish va pora olish kabi moddalar bo‘yicha sudlangan.
Bundan tashqari, yana bir holat aniqlangan. Namangan shahridagi bog‘chalardan birining xodimasi tadbirkorga pul evaziga tanish mansabdorlar orqali davlat-xususiy sheriklik asosida ikkita maktabgacha ta’lim muassasasini ochish bo‘yicha shartnomalar tuzib berishni va’da qilgan.
U 2 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Keyinchalik huquq-tartibot organlari tomonidan Davlatobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining bosh mutaxassisi ham ushbu mablag‘lar bilan bog‘liq holda ushlangan.
Hozirda barcha gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
