Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentning uch tumanida renovatsiya loyihalari boshlanadi

Jamiyat 14 iyun, 16:52
Toshkentning uch tumanida renovatsiya loyihalari boshlanadi

Toshkentning Yashnobod, Mirobod va Sergeli tumanlarida uy-joylarni yangilash bo‘yicha renovatsiya loyihalari старт olmoqda. Ishlar “Jarkurgon”, “Abdurauf Fitrat” va “Xonabodtepa” mahallalarida boshlanadi.

Birinchi bosqichda aholiga loyiha tafsilotlari, ko‘chirish tartibi va yangi uy-joy variantlari haqida ma’lumot beriladi.

Hududlarda maxsus shtablar tashkil etilib, ular barcha tegishli xizmatlar vakillaridan iborat bo‘ladi. Ularning vazifasi — aholiga tushuntirish berish va bevosita muloqot olib borish.

Toshkent hokimi Shavkat Umurzakov renovatsiyada asosiy ustuvor yo‘nalish tayyor uylarni berish ekanini ta’kidladi. Bu orqali fuqarolar uzoq kutmasdan yangi uylarga ko‘chishi mumkin bo‘ladi.

Loyihalar 2026-yil 10-iyunda qabul qilingan yangi qonun fonida amalga oshirilmoqda. Hujjatga ko‘ra, renovatsiya uchun kamida 80% mulkdorlarning roziligi talab etiladi, kompensatsiya kafolatlanadi va bosim o‘tkazish taqiqlanadi.

Renovatsiya butun mamlakat bo‘yicha 17 mingga yaqin eski uylarni qamrab olishi mumkin.

7740

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→