Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentda xalqaro investitsiya forumi sabab vaqtinchalik yo‘l cheklovlari joriy etiladi

Jamiyat 13 iyun, 13:31
Toshkentda xalqaro investitsiya forumi sabab vaqtinchalik yo‘l cheklovlari joriy etiladi

16–18 iyun kunlari Toshkentda V Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi.

Mazkur forum yilning eng yirik xalqaro tadbirlaridan biri bo‘lib, unda turli davlatlar hukumat vakillari, biznes yetakchilari va moliyaviy institutlar ishtirok etadi. Mutasaddilar cheklovlar xavfsizlik choralarini ta’minlash maqsadida joriy etilayotganini ma’lum qildi.

Quyidagi hududlarda vaqt-vaqti bilan harakat cheklanadi:

  • Islom Karimov ko‘chasi — Sharof Rashidov ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha;
  • Yangi O‘zbekiston ko‘chasi — Maxtumquli va Temur Malik ko‘chalari kesishgan ko‘prikdan Istiqlol ko‘chasigacha;
  • Islom sivilizatsiyasi markazi atrofi, jumladan Sharof Rashidov, Abdulla Qodiriy, Xorazmsoy va Nurofshon ko‘chalarining ayrim qismlari.

Haydovchilar uchun aylanma yo‘llar tashkil etiladi. Shuningdek, 16–18 iyun kunlari yuk transportlarining Toshkentga kirishi vaqtincha cheklanadi, ular Toshkent viloyati aylanma yo‘llariga yo‘naltiriladi.

Favqulodda va tezkor xizmatlar transportiga cheklovlar tatbiq etilmaydi.

Haydovchilar va mehmonlardan oldindan yo‘nalishlarni rejalashtirish va vaqtinchalik noqulayliklarga tushunish bilan yondashish so‘raladi.

8430

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→