Uzbekistan Airways Rossiyaga reyslarni kamaytirmoqda

Uzbekistan Airways O‘zbekistondan Rossiya shaharlariga reyslar sonini qisqartirishini e’lon qildi. Qarorga aviatsiya yoqilg‘isi tanqisligi va uning narxi oshgani sabab bo‘lgan.
Aviakompaniya ma’lum qilishicha, o‘zgarishlar ayrim yo‘nalishlarga ta’sir qiladi. Qaysi reyslar kamaytirilishi va ularning soni hozircha ochiqlanmagan.
Gap reyslarni to‘liq bekor qilish haqida emas — faqat parvozlar chastotasi kamayadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zgarishlar Moskva va Sankt-Peterburg kabi yirik shaharlarga ham ta’sir qilishi mumkin, biroq rasmiy ro‘yxat hali e’lon qilinmagan.
Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilariga ikki variant taklif etiladi: eng yaqin mavjud reysga bepul qayta bron qilish yoki chipta pulini to‘liq qaytarib olish.
Pulni chiptani sotib olingan joy orqali qaytarish mumkin. Agar chipta aviakompaniyaning rasmiy sayti yoki mobil ilovasi orqali olingan bo‘lsa, so‘rovni elektron pochta orqali yuborish kerak.
So‘nggi oylarda aviatsiya yoqilg‘isi narxining oshishi va yetkazib berishdagi muammolar sabab ko‘plab aviakompaniyalar parvoz dasturlarini qayta ko‘rib chiqmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
