Toshkentdagi yangi uylar faqat “aqlli” suv hisoblagichlari bilan qabul qilinadi

Yangi uylar foydalanishga topshirilganda faqat "aqlli" suv hisoblagichlarini oʻrnatishga ruxsat beriladi. Bu “Toshkent shahar suv ta’minoti” loyihasi va Fransiyaning Suez kompaniyasi tomonidan suv ta’minoti tizimini yangilash bilan bogʻliq. Loyiha doirasida poytaxtdagi qariyb 670 ming xonadonga zamonaviy hisoblagichlarni oʻrnatish rejalashtirilgan.
Yangi qurilayotgan uy-joylarda hisoblagichlar darhol raqamli bo‘lishi kerak. Ularni o‘rnatish xarajatlari esa uy egalariga yuklatiladi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ayrim quruvchilar hali ham eski mexanik hisoblagichlarni o‘rnatmoqda. Bunga ular avval berilgan texnik shartlar bilan izoh bermoqda. Biroq bunday hujjatlar ikki yil davomida amal qiladi, yangilangach esa faqat “aqlli” hisoblagichlar talabi qo‘yiladi.
Agar kvartirada eski hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lsa, u qabul qilinmaydi: bunday qurilmalar plombalanmaydi va hisob-kitob tizimiga ulanmaydi. Shu sababli xaridorlarga kvartirani qabul qilishda hisoblagich turini oldindan tekshirish tavsiya etiladi. Aks holda, uni almashtirish uchun qo‘shimcha xarajat qilishga to‘g‘ri keladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
