Toshkentda Cobalt haydovchisi quvg‘in vaqtida bir nechta mashinaga zarar yetkazdi

Ijtimoiy tarmoqlarda oq rangli Cobalt avtomobili yo‘lda bir nechta mashinaga shikast yetkazgani aks etgan video keng tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.
Voqea 11-iyun kuni soat 21:34 atrofida Yakkasaroy tumanida yuz bergan. 1982-yilda tug‘ilgan fuqaro, ruhiy-asab kasalliklari bo‘yicha ro‘yxatda turuvchi shaxs, 10 H 334 CB davlat raqamli Cobalt boshqaruvida bo‘lgan.
U Shota Rustaveli ko‘chasida harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan va boshqa yo‘l qatnashchilariga xavf tug‘dirgan. Ichki ishlar organlari xodimlarining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga qaramay, harakatni davom ettirgan.
Quvg‘in davomida haydovchi bir nechta avtomobilga texnik shikast yetkazgan. Vaziyatni nazoratga olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida xodimlar tomonidan tabell quroli qo‘llanilgan. Ogohlantirishdan so‘ng avtomobil g‘ildiragiga o‘q uzilib, transport vositasi majburan to‘xtatilgan.
Haydovchi qo‘lga olingan va uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv olib borilmoqda. Yakunlarga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi kutilmoqda. Holat rahbariyat nazoratida.
Tavsiya etamiz

Uzbekistan Airways Rossiyaga reyslarni kamaytirmoqda

O‘zbekistonda saraton kasalliklarini davolash tizimi yangilanadi

Toshkent viloyatida 344 ta yoʻl harakati qoidalarini buzgan Spark topildi

Oʻzbekistonda har bir sayyoh uchun toʻlovlar yoʻlga qoʻyiladi
