Oʻzbekistonda har bir sayyoh uchun toʻlovlar yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekistonda 2026-yildan boshlab har yoz mavsumida – iyundan avgustgacha “Ochiq sayyohlik mavsumi” dasturi oʻtkaziladi. Dastur prezident qarori bilan belgilangan bo‘lib, xorijiy turistlar oqimini oshirish va turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Yangi xalqaro aviareyslarni yo‘lga qo‘ygan aviakompaniyalarga xarajatlarning bir qismi davlat budjeti hisobidan qoplanadi. Bundan tashqari, har bir jalb etilgan xorijiy yo‘lovchi uchun 100 dollardan subsidiya to‘lanadi. Rezident turoperatorlarga ham subsidiyalar beriladi. Ustivor davlatlardan jalb qilingan har ming sayyoh uchun ularga 5 ming dollargacha haq toʻlanadi.
Shuningdek, turoperatorlar va mehmonxona xizmatlari uchun to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 50 foizi keshbek sifatida qaytariladi. Mamlakatni targ‘ib qilish maqsadida 5 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan 50 nafar xorijiy bloger O‘zbekistonga taklif etiladi. Ular uchun 7 kunlik bepul sayohat dasturi tashkil etiladi.
Bundan tashqari, davlat turistik yo‘nalishlarni yirik xalqaro onlayn platformalarda reklama qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini ham qoplaydi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
