Masharipov o‘rniga terma jamoada yangi 10-raqam egasi aniqlandi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov, dastlabki ma’lumotlarga koʻra, jarohati sabab JCh-2026 da ishtirok etmaydi.
Ushbu oʻzgarishlarning bilvosita tasdigʻi 11-iyun kuni jamoa rasmiy fotosessiya oʻtkazganida paydo boʻldi. Nashr etilgan kadrlarda yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev avvalroq Masharipovga biriktirilgan 10-raqamli futbolkada sur'atga olingan.
Mazkur raqam avval Masharipovga tegishli edi. Shu sabab Rahmonaliyevning aynan 10-raqam bilan chiqishi tarkibda o‘zgarish bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Odatda bunday fotosessiyalarda musobaqada ishtirok etadigan yakuniy ro‘yxatdagi futbolchilar qatnashadi.
Rahmonaliyev Ozarbayjonning “Sabah” klubida to‘p suradi va joriy mavsumda jamoasi bilan chempionat hamda mamlakat kubogi g‘olibiga aylangan. U so‘nggi paytlarda terma jamoaga muntazam jalb etilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
