Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sek Yol dron ishi boʻyicha 30 yilga qamaldi

Seul sudi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yolni Pxenyanga uchuvchisiz apparatlar yuborish bilan bog‘liq ish bo‘yicha 30 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Sud qaroriga ko‘ra, Yun Sok Yol mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish va dushmanga ko‘maklashishda aybdor deb topildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 2024-yil oktabr oyida KXDR hududiga dronlar yuborish operatsiyasini tashkil etgan. Sud xulosasida aytilishicha, ushbu harakat Koreyalar o‘rtasidagi keskinlikni kuchaytirishga qaratilgan bo‘lgan. Prokuratura fikricha, bu orqali mamlakatda harbiy holat joriy etish uchun bahona yaratish ko‘zlangan.
Ish materiallarida qayd etilishicha, sobiq prezidentning harakatlari milliy xavfsizlikka zarar yetkazishi mumkin edi, chunki ular harbiy imkoniyatlarni oshkor qilib, mojaro xavfini kuchaytirgan.
Yun Sok Yol ayblovlarni rad etdi. Uning advokatlari u operatsiyaga buyruq bermaganini ta’kidladi. Ularning aytishicha, dronlardan foydalanish Shimoliy Koreya tomonidan Janubiy Koreya tomon chiqindi ortilgan sharlar uchirilishiga javob bo‘lgan.
Bu Yun Sok Yolga nisbatan birinchi hukm emas. U Konstitutsiyaviy sud impichmentni tasdiqlaganidan so‘ng lavozimidan chetlashtirilgan. Shundan keyin o‘tkazilgan muddatidan oldingi saylovlarda muxolifatchi siyosatchi Li Je Myon g‘alaba qozongan.
Tavsiya etamiz

Uzbekistan Airways Rossiyaga reyslarni kamaytirmoqda

O‘zbekistonda saraton kasalliklarini davolash tizimi yangilanadi

Toshkent viloyatida 344 ta yoʻl harakati qoidalarini buzgan Spark topildi

Oʻzbekistonda har bir sayyoh uchun toʻlovlar yoʻlga qoʻyiladi
