Oʻzbekiston va Shvetsiya oʻrtasida mehnat migratsiyasi boʻyicha kelishuv imzolandi

O‘zbekiston va Shvetsiya migratsiya va mobillik sohasida birinchi hukumatlararo kelishuvni imzoladi. Shu bilan birga pilot dastur ishga tushirilishi bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya ham qabul qilindi. Kelishuv O‘zbekiston fuqarolariga Shvetsiyada qonuniy ishlash, o‘qish va yashash imkonini beradi.
Tomonlar Shvetsiya mehnat bozori uchun kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratadi. Bu tibbiyot, texnika, xizmat ko‘rsatish va parvarish sohalarini qamrab oladi. Shuningdek, ish izlovchilar va ish beruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa yo‘lga qo‘yiladi. Kelishuv doirasida talabalar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar uchun almashinuv dasturlari kengaytiriladi. Ishtirokchilar va ularning oila a’zolari huquqlari qo‘shimcha himoya qilinadi.
Shartnoma amaliy oʻzgarishlarni ham oʻz ichiga oladi: viza olish tartib-qoidalarini soddalashtirish va diplomatik pasport egalari uchun 30 kungacha vizasiz rejimni joriy etish. Shu bilan birga noqonuniy migratsiya va hujjatlarni qalbakilashtirishga qarshi hamkorlik kuchaytiriladi.
Dastur doirasida Shvetsiya mehnat bozori ehtiyojlarini oʻrganish, Oʻzbekistondan nomzodlar uchun til va kasbiy tayyorgarlikni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
