Mamlakatda eski uylarni buzish va rekonstruksiya qilish mexanizmi tasdiqlandi

O‘zbekistonda “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Hujjat eskirgan hududlarni yangilash tartibini belgilaydi. Gap yaroqsiz holga kelgan yoki yashash va foydalanish uchun mos bo‘lmagan turar va noturar binolar haqida bormoqda. Shuningdek, aholi hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan sharoitlar ham renovatsiya uchun asos bo‘lishi mumkin.
Qonunga ko‘ra, renovatsiya bir necha shaklda amalga oshiriladi. Jumladan, binoni asosiy konstruksiyasini saqlagan holda rekonstruksiya qilish, to‘liq buzib o‘rniga yangi bino qurish, shuningdek, yashil hududlar va jamoat joylarini yaratish mumkin.
Loyihalar davlat organlari, mulk egalari yoki uchinchi shaxslar tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Ularni moliyalashtirish uchun hukumat, viloyatlar va Toshkent shahrida maxsus qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi.
Loyiha konsepsiyasi ishlab chiqilgach, ikki oy ichida ochiq muhokama o‘tkaziladi. Loyihano dasturga kiritish uchun mulk egalarining kamida 4/5 qismi yozma rozilik berishi shart.
Mulk egalari ishtirok shaklini o‘zlari tanlaydi: kompensatsiya olish yoki loyiha ishtirokchisiga aylanish. Kompensatsiya yangi uy-joy yoki tijorat obyekti, boshqa hududdagi mulk, pul mablag‘i yoki tomonlar kelishuvi asosida boshqa shakllarda berilishi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz

Uzbekistan Airways Rossiyaga reyslarni kamaytirmoqda

O‘zbekistonda saraton kasalliklarini davolash tizimi yangilanadi

Toshkent viloyatida 344 ta yoʻl harakati qoidalarini buzgan Spark topildi

Oʻzbekistonda har bir sayyoh uchun toʻlovlar yoʻlga qoʻyiladi
