FlyArystan 3-sentabrdan Olmaota — Urganch reyslarini yo‘lga qo‘yadi

2026-yil 3-sentabrdan Olmaota – Urganch – Olmaota yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnov yoʻlga qoʻyiladi. Tashuvchi Qozogʻistonning FlyArystan aviakompaniyasi boʻladi, deb xabar qildi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Parvozlar haftasiga ikki marta - payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Yangi yoʻnalish Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi havo qatnovini kengaytiradi.
Yoʻlovchilar, shuningdek, Olmaota shahridan xalqaro yoʻnalishlarga keyingi reyslar uchun qulay transport nuqtasi sifatida foydalanishlari mumkin boʻladi.
Urganch Xorazm viloyatining asosiy havo markazi va YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan mashhur sayyohlik markazi Xivaga sayohatlar uchun boshlanish nuqtasi boʻlib qolmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
