Fargʻona viloyatida maktab oʻquvchisi otasining mashinasida YTH sodir etdi

Farg‘ona viloyatida 7-sinf o‘quvchisi otasiga tegishli mashinani ruxsatisiz olib, yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Hodisa Buvayda tumanida sodir bo‘lgan. Bir kun avval ijtimoiy tarmoqlarda video tarqalgan: unda avtomobil mahallaning tor ko‘chalari bo‘ylab yuqori tezlikda harakatlanib, keyin haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, turar-joy devoriga urilgani aks etgan.
Keyinchalik holatga Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati izoh berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil rulida otasiga tegishli, qarovsiz qoldirilgan Kia Sorento’ni boshqargan maktab o‘quvchisi bo‘lgan.
O‘smir boshqaruvni yo‘qotib, to‘qnashuvga sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, avtomobilga texnik shikast yetgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, barcha tafsilotlar aniqlanmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
