Turkiyadan qidiruvda bo‘lgan ikki nafar o‘zbekistonlik ayol ekstraditsiya qilindi

Turkiyadan xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ekstraditsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayollardan biri firibgarlikda ayblanmoqda. U xorijda ishlash uchun ruxsat beruvchi litsenziyaga ega bo‘lmagan holda, fuqarolarga AQSH va Yevropa davlatlariga yuqori maoshli ish taklif qilgan. Ishonchga kirib, ulardan pul olgan va mablag‘larni shaxsiy ehtiyojlariga sarflagan.
Mazkur shaxs olti yil davomida yashirinib yurgan va xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatda gumonlangan yana bir ayol ham qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi. U Jinoyat kodeksining 135-moddasi asosida javobgarlikka tortiladi.
Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, xorijda yashirinayotgan va qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni mamlakatga qaytarish ishlari davom ettirilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
