Yangiliklar/Jamiyat

Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar uchun oromgohlarda bepul dam olish tashkil etildi

Jamiyat 8 iyun, 22:06
Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar uchun oromgohlarda bepul dam olish tashkil etildi

O‘zbekistonda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun yozgi dam olish dasturi boshlandi. Loyiha Milliy ijtimoiy himoya agentligi hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Dastur doirasida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 1295 nafar bolaga 12 kunlik bepul yo‘llanma beriladi. Yo‘l, yashash, ovqatlanish va dam olish xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi.

Hozirda loyiha amalda: 1062 nafar bola oromgohlarga yuborilgan. Qolgan bolalar esa navbatdagi smenalarda dam olishga jo‘natiladi.

Dam olish maskanlari kasaba uyushmalari tizimidagi oromgohlarda tashkil etilgan. Bu yerda bolalar uchun sport, sog‘lomlashtirish va ko‘ngilochar dasturlar rejalashtirilgan.

Dastur bolalarning sog‘lom dam olishini ta’minlash bilan birga, ularning ijtimoiy moslashuviga ham xizmat qiladi.

5370

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→