Andijonlik inspektor voyaga yetmagan 15 yosh qiz bilan aloqa qilganlikda gumonlanmoqda

Andijon viloyatida voyaga yetmaganlarga ijtimoiy‑huquqiy yordam ko‘rsatish markazi inspektori 15 yoshli qiz bilan aloqa qilganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda 6-iyun kuni viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, voqea 3-iyun kuni sodir bo‘lgan: qiz uydan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida aniqlanishicha, inspektor S.B. qizni Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylardan biriga olib borib, u bilan aloqa qilgan.
Mazkur holat avval ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalgan. Ayrim xabarlarga ko‘ra, gumonlanuvchi 5-iyun kuni qo‘lga olingan.
4-iyun kuni erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda voyaga yetmagan shaxs bilan, unga tarbiya berish yoki nazorat qilish majburiyati yuklatilgan shaxs tomonidan aloqa qilish holatini nazarda tutadi.
Qonunchilikka ko‘ra, bunday jinoyat uchun 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Sud qarori bilan gumonlanuvchi qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda va ish viloyat prokuraturasi nazoratida.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
