Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentda elektr avtobusi Qoʻyliq yaqinidagi soʻnggi bekatda bir ayolni urib yubordi

Jamiyat 6 iyun, 20:00
Toshkentda elektr avtobusi Qoʻyliq yaqinidagi soʻnggi bekatda bir ayolni urib yubordi

Toshkentda Qo‘yliq bozori yaqinidagi oxirgi bekatda elektrobus ishtirokida fojiali hodisa yuz berdi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi ma’lum qildi.

Voqea 6-iyun kuni kunduzgi paytda sodir bo‘lgan. 45-yo‘nalish (Food City — Qushbegi) bo‘yicha harakatlangan Yutong rusumidagi elektrobus oxirgi bekatda orqaga harakatlanayotganda 35 yoshli ayolni urib yuborgan. Olingan jarohatlar oqibatida ayol voqea joyida vafot etgan.

Hodisa haqida dastlab ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi, keyinroq rasmiy ma’lumot transport kompaniyasi tomonidan tasdiqlandi. Ma’lum qilinishicha, transport vositasini 32 yoshli, 7 yillik ish tajribasiga ega haydovchi boshqargan.

Hozirda hodisa sabablari va barcha tafsilotlar o‘rganilmoqda. Tekshiruv davom etmoqda.

6790

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→