Infantino O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026 oldidan qo‘llab-quvvatladi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Oʻzbekiston terma jamoasiga 2026-yilgi jahon chempionatida muvaffaqiyat tilab murojaat qildi. U ushbu murojaatini Instagram sahifasida e’lon qildi.
FIFA rahbarining ta’kidlashicha, jamoa tarixiy bosqich arafasida turibdi — O‘zbekiston ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi. Infantino terma jamoadan yorqin o‘yin kutayotganini bildirib, uning salohiyatiga ishonch bildirdi.
“Oʻzbekiston terma jamoasiga shu yilning yozida Shimoliy Amerikada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionatida omad tilayman”, — deb yozadi u.
Infantino, shuningdek, turnirdagi ishtirok milliy futbol rivoji uchun muhim bosqichga aylanishi mumkinligini ta’kidladi. U jamoa muxlislarni xushnud etishiga, oʻz tarixida yangi sahifa ochishiga va xalqaro maydonda mamlakatni munosib himoya qilishiga umid bildirdi.
Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqaga tayyorgarlikni yakunlamoqda. Jamoani oldinda nazorat oʻyinlari, jumladan, Gollandiya terma jamoasiga qarshi oʻyin kutib turibdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
