Eron futbol delegatsiyasining bir qismi AQSh vizasini olmadi

Eron milliy terma jamoasi delegatsiyasining bir qismi 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati oldidan AQSh vizasini ololmadi. Bu haqda mamlakat diplomatik vakolatxonasi ma’lum qildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa futbolchilariga vizalar berilgan. Bu holatni Eronning Turkiyadagi elchisi Mohammad Hasan Habibollazoda tasdiqlagan.
Shu bilan birga, AQShning Turkiyadagi elchisi Tom Barrak jamoaning yordamchi xodimlari ham viza olganini bildirgan. Ammo Eron tomoni bu ma’lumotga qo‘shilmadi.
Elchixona bayonotiga ko‘ra, delegatsiyaning muhim qismi, jumladan murabbiylar shtabi, jamoa rahbariyati va texnik mutaxassislar vizasiz qolgan. Ta’kidlanishicha, bu mutaxassislar jamoaning to‘liq faoliyati uchun zarur hisoblanadi.
Eron tomoni yuzaga kelgan vaziyatni tanqid qilib, uni “kamsituvchi munosabat” deb baholadi.
2026-yilgi jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
