Yangiliklar/Iqtisod

Oʻzbekistonda 5-iyundan 6-iyunga oʻtar kechasi toʻlov xizmatlarida nosozliklar yuz berishi mumkin

Iqtisod 5 iyun, 21:54
Oʻzbekistonda 5-iyundan 6-iyunga oʻtar kechasi toʻlov xizmatlarida nosozliklar yuz berishi mumkin

Oʻzbekistonda 5-iyundan 6-iyunga oʻtar kechasi toʻlov xizmatlari faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Bu haqda HUMO tizimi xabar berdi.

Cheklovlar Markaziy bankning Banklararo telekommunikatsiya tarmogʻida profilaktika ishlari bilan bogʻliq.

Texnik ishlar 5-iyun soat 23:00 dan 6-iyun 07:00 gacha davom etadi.

Ushbu davrda toʻlovlar va pul oʻtkazmalarida qisqa muddatli uzilishlar mumkin. Nosozliklar nafaqat HUMO, balki mamlakatdagi boshqa toʻlov tizimlariga ham ta’sir qilishi mumkin.

Foydalanuvchilarga toʻlovlarni rejalashtirishda buni oldindan hisobga olish tavsiya etiladi.

3680

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→