Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonni BMT Xavfsizlik kengashiga saylangani bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyun kuni Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Oʻzbekiston tomoni Qirgʻizistonni 2027–2028-yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan a’zosi etib saylangani bilan tabrikladi. Bu mamlakatning xalqaro nufuzi oshib borayotgani va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashdagi ishtirokini ifodalashi alohida ta’kidlandi. Qirgʻiziston 142 ovoz olib, oʻz guruhida Filippinni ortda qoldirib, birinchi marta Xavfsizlik Kengashi a’zoligini qoʻlga kiritdi.
Suhbat chogʻida tomonlar oʻzaro hamkorlikni davom ettirish va xalqaro platformalarda bir-birini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. Ikki tomonlama munosabatlar ham muhokama qilindi. Iqtisodiyot, transport, energetika va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, avval erishilgan kelishuvlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
