Yangiliklar/Jamiyat

Namangan viloyatida tergovchi va advokat pora ishi bo‘yicha qo‘lga olindi

Jamiyat 4 iyun, 14:38
Namangan viloyatida tergovchi va advokat pora ishi bo‘yicha qo‘lga olindi

Namangan viloyatining Chust tumanida Xavfsizlik xizmati xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida tergovchi va advokat qo‘lga olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat IIB tergov boshqarmasi tergovchisi Chust tumanida yashovchi 20 yoshli fuqaro ustidan ochilgan jinoyat ishini yuritgan. U ishni tugatish evaziga ishga aloqasi bo‘lmagan advokat orqali 40 ming dollar talab qilgan.

Advokat gumonlanuvchining otasidan ushbu summani olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Shundan so‘ng tergovchi ham advokatdan 30 ming dollar olayotgan paytida ushlangan.

Tergovchiga nisbatan pora olish moddasi bo‘yicha, advokatga esa pora berishda vositachilik qilish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ikkala shaxs ham qamoqqa olingan va tergov davom etmoqda.

4700

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→