Toshkentning turli hududlarida yangi yoqilgʻi quyish shoxobchalari va avtoturargohlar quriladi

Toshkentda shahar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yangi reja tasdiqlandi. Unga ko‘ra, avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari va ularga tutash obyektlar soddalashtirilgan tartibda quriladi. Qaror Xalq deputatlari Kengashi tomonidan qabul qilinib, E-qaror portalida e’lon qilindi.
Loyihalar investitsiya tashabbuslarini tezkor ishga tushirishga qaratilgan huquqiy tajriba doirasida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Jarayonni Tashkent Invest kompaniyasi muvofiqlashtiradi.
Joylashuvlar ro‘yxati:
Olmazor tumani:
«Ahil», «Jiydali», «Nihol», «Chamanbog‘», «Shifokorlar» — BKAD;
«Chiltugon» — Ahmad Donish ko‘chasi;
«Yuqori Beshqo‘rg‘on» — Koshona ko‘chasi.
Bektemir tumani:
«Zabardast» — Navro‘z, Yangi hayot, Furqat ko‘chalari;
«Abay» — Husayn Boyqaro ko‘chasi;
«Majnuntol» — Ohangaron shossesi va BKAD;
«Mirishkor», «Rohat» — Ohangaron shossesi;
«Nurafshon», «Nurli yo‘l» — BKAD.
Mirzo Ulug‘bek tumani:
«Oydin» — BKAD.
Sergeli tumani:
«Ko‘hna Qumariq» — Xonobodtepa shossesi.
Uchtepa tumani:
«Diyorobod», «Foziltepa» — BKAD;
«Katta Cho‘ponota» — BKAD va Izza ko‘chasi kesishmasi;
«Davlatobod» — Farhod ko‘chasi.
Chilonzor tumani:
«Yakkabog‘», «Katta Qo‘zirobod», «Dombirobod» — Gavhar va Chilonzor ko‘chalari.
Yunusobod tumani:
«Sharq haqiqat» — BKAD va Hasanboy 5-tor ko‘chasi;
«G‘ayrat» — Ahmad Donish va G‘ayrat ko‘chalari;
«Uch Qahramon» — BKAD va Yuqori Qoraqamish;
«Bog‘ibuston» — Bog‘ishamol 1-tor ko‘chasi.
Yangi hayot tumani:
«Chortok» — Farg‘ona ko‘chasi;
«Yangi Darxon» — Mirzo Tursunzoda ko‘chasi;
«Xushnud» — Qipchoq ko‘chasi.
Yashnobod tumani:
«Jo‘rabek» — Farg‘ona yo‘li;
«Ahmad Yassaviy» — Alimkent ko‘chasi va Muxtor Ashrafiy bilan kesishma;
«Boyqo‘rg‘on» — Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi;
«Ma’rifat» — Elbek ko‘chasi;
«O‘rtamasjid» — Xonobodtepa va Quruvchilar kesishmasi;
«Yangi davr» — Mo‘ynoq ko‘chasi.
Olmazor tumanidagi «Jiydali» mahallasida, Tibbiyot shaharchasi yaqinida alohida loyiha ham rejalashtirilgan. Bu yerda fudkort, savdo va boshqa obyektlarni o‘z ichiga olgan ko‘p funksiyali majmua quriladi.
Barcha loyihalarni amalga oshirish muddati 10 yil etib belgilangan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
