Husanov 50 million yevroga koʻtarilib, Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi

Sport 3 iyun, 20:13
Husanov 50 million yevroga koʻtarilib, Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi

Oʻzbekistonlik “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Xusanovning bozor narxi 15 million yevroga oshdi. Buni Transfermarkt portalining 3 iyundagi yangilangan ma’lumotlari tasdiqlaydi.

Hozirda futbolchining narxi 50 million yevroga baholanmoqda. Yangilanish Angliya Premer-ligasi futbolchilariga ta’sir qildi.

Ayni paytda u Markaziy Osiyo mamlakatlari futbolchilari orasida eng qimmat Premyer-liga futbolchisi. Shuningdek, u Osiyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi.

3100

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→