Samarqand viloyatida elektr skuterning kanalga qulashi oqibatida toʻrt bola halok boʻldi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida to‘rt nafar bola halok bo‘ldi.
Guvohlarning aytishicha, elektrosiklda jami sakkiz kishi — er-xotin, ularning uch nafar farzandi va qo‘shnilarning yana uch nafar bolasi bo‘lgan. Kanal bo‘ylab harakatlanayotganda haydovchi ortga yurib yuborgan va natijada transport suvga qulagan.
Hodisa oqibatida 3, 6, 9 va 10 yoshli bolalar halok bo‘lgan. Ularning uch nafari jasadi hodisa kuni, yana biri esa 1-iyun kuni ertalab topilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlardan ikki nafari haydovchining farzandi, yana ikki nafari qo‘shni bolalar bo‘lgan.
Qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar mahalla aholisi to‘rt nafar kishini suvdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng qidiruv ishlari olib borilib, halok bo‘lgan bolalarning jasadlari topilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
