Oʻzbekistonda kimyo sanoatida qiymati 17 milliard dollarlik 350 ta loyiha yoʻlga qoʻyadi

2-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatini rivojlantirish va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.
So‘nggi yillarda sanoatda qariyb 3 ming turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Kimyo tarmog‘ida esa o‘g‘itlardan tashqari yuqori qo‘shilgan qiymatli 60 dan ortiq yangi mahsulot — jumladan, PVX, polimerlar va “yashil” vodorod ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Sohaga 8,3 mlrd dollar investitsiya kiritilib, 87 ta yirik korxona ishga tushirildi.
Shu bilan birga, kimyo sanoati o‘sish sur’atlari umumiy sanoat ko‘rsatkichlaridan past ekani qayd etildi. So‘nggi yillarda kimyo mahsulotlari importi 4 barobarga oshib, yiliga 4,5 mlrd dollarga yetdi.
Yig‘ilishda xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalasi muhokama qilindi. Xususan, “Navoiyazot” bazasida loyihalarni rivojlantirish va uning yonida 1 mlrd dollarlik 10 ta loyihadan iborat klaster tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, mahalliy xomashyoni kengroq jalb qilish va uni qayta ishlash bo‘yicha yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish vazifalari belgilandi. Serpentinitni qayta ishlash ham ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rsatildi.
Maishiy kimyo bozori ham muhokama qilindi: har yili bu yo‘nalishda qariyb 300 mln dollarlik mahsulot import qilinadi. Ichki ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi turdagi mahsulotlarni chiqarish rejalashtirildi.
2030-yilga borib o‘g‘itlar, ayniqsa suvda eruvchan o‘g‘itlar ishlab chiqarish hajmini oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, umumiy qiymati 17 mlrd dollar bo‘lgan 350 dan ortiq loyihani tayyorlash va amalga oshirish topshirildi. Bundan tashqari, Toshkent shahrida kimyo sanoati uchun ilmiy-ta’lim klasteri tashkil etish belgilandi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
