Yangiliklar/Jamiyat

Islom sivilizatsiyasi markazida bolalar muzeyi va yangi oʻyin maydonchasi foydalanishga topshirildi

Jamiyat 2 iyun, 13:34
Islom sivilizatsiyasi markazida bolalar muzeyi va yangi oʻyin maydonchasi foydalanishga topshirildi

Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Dastur doirasida bolalar maydonchasi va bolalar uchun mamlakatdagi birinchi interaktiv muzey ochildi.

Markaz direktori Firdavs Abduxalilov loyiha maktab o‘quvchilarini mamlakat tarixi va ilmiy merosi bilan tanishtirishga qaratilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi maydon bolalarda bilimga qiziqishni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Yangi maydon 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tarix, san’at va STEM yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan. Hudud to‘rtta qismga bo‘lingan: interaktiv kirish zonasi, olimlar galereyasi, kinoteatr va ilmiy-ijodiy laboratoriya.

Ekspozitsiyada Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek va Ibn Sino merosiga oid materiallar o‘rin olgan. Shuningdek, mantiqiy fikrlash va ilmga qiziqishni rivojlantiruvchi interaktiv yechimlar ham mavjud. Tashrif buyuruvchilarga xodimlar hamrohlik qiladi, materiallar esa o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilgan.

3580

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→