Yangiliklar/Jamiyat

Samarqanddagi toʻrtta oliy oʻquv muassasasi qayta tashkil etilishi kutilmoqda

Jamiyat 1 iyun, 13:08
Samarqanddagi toʻrtta oliy oʻquv muassasasi qayta tashkil etilishi kutilmoqda

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Samarqand davlat texnika universitetiga aylantiriladi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali Samarqand davlat universitetiga o‘tkaziladi. SamDUning Urgut filiali esa pedagogika institutiga berilib, fakultetga aylantiriladi. Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali iqtisodiyot va servis institutiga qo‘shib olinadi.

2026/27 o‘quv yilidan ushbu OTMlarning professor-o‘qituvchilari va doktorantlari xorijda stajirovkalarga yuboriladi. 2027/28 o‘quv yilidan texnika universitetida intellektual suv texnologiyalari bo‘yicha muhandislik maktabi ochilishi rejalashtirilgan.

O‘zgarishlar bir nechta oliy ta’lim muassasasini qamrab oladi va ularni yiriklashtirish hamda filiallarni qayta taqsimlash bilan bog‘liq.

3430

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→