Musiqa o‘qituvchilarining maoshlari oshiriladi, qo‘shimcha to‘lovlar joriy etiladi

Yangi o‘quv yilidan boshlab 326 ta musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilarining ish haqi umumta’lim maktablari o‘qituvchilari oyligiga tenglashtiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Shuningdek, qo‘shimcha ustama joriy etiladi — u ish haqining 20 foizigacha bo‘lishi mumkin. U o‘quvchilarning musiqa asboblarini qay darajada ijro etishiga qarab belgilanadi.
Yangi o‘quv yilida kamida 1,5 mln nafar o‘quvchini musiqa va san’atga jalb qilish rejalashtirilgan. Buning uchun musiqa maktablari, ixtisoslashgan muassasalar va umumta’lim maktablari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Rejaga ko‘ra, ijodiy jamoalar muntazam konsertlar, chiqishlar va mahorat darslarini o‘tkazadi. Bundan tashqari, har yili teatr, cholg‘u, xor va raqs yo‘nalishlarida tuman, viloyat va respublika bosqichlarida tanlovlar tashkil etiladi.
G‘oliblar 500 mln so‘mgacha grant oladi — mablag‘lar sahna bezaklari, liboslar va musiqa asboblari xaridiga yo‘naltiriladi. Eng yaxshi ishtirokchilar esa ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imkoniga ega bo‘ladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
