Madaniyat xodimlariga ipoteka kreditining dastlabki 50 foizini davlat tomonidan to‘lab beriladi

1 iyun, 15:24
Madaniyat xodimlariga ipoteka kreditining dastlabki 50 foizini davlat tomonidan to‘lab beriladi

Mazkur qo‘llab-quvvatlash choralari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvda ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda madaniyat, san’at va ijodiy soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar joriy etilmoqda.

Har yili ming nafar shoir, yozuvchi, muzey xodimi va rassom uchun ipoteka kreditining dastlabki to‘lovining 50 foizi qoplab beriladi.

Boshqa hududlardan kelib ishlayotgan mutaxassislar uchun ijara to‘lovlari ham qisman qoplanadi: Toshkent shahrida oyiga 2,5 mln so‘mgacha, viloyatlarda esa 1,6 mln so‘mgacha.

Shuningdek, tibbiy qo‘llab-quvvatlash kengaytiriladi. Har yili faoliyati yuqori baholangan ming nafar xodim Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan bepul davolanadi. Yana ikki ming nafar xodimga tibbiy sug‘urta paketlari taqdim etiladi.

Kamida 10 yil ishlagan xodimlarga bepul sanatoriy yo‘llanmalari beriladi.

Bundan tashqari, 15-iyundan boshlab xalq artisti, xalq shoiri va xalq yozuvchisi unvoniga ega ijodkorlar aeroport va vokzallardagi VIP zallardan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

8410