Ukrainaga yangi avlod gumanoid robotlari yetkazilishi rejalashtirilmoqda

AQSHning Foundation Future Industries startapi Ukrainaga yangi avlod gumanoid robotlarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNBC nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gap avval Ukrainada sinovdan o‘tgan robotlarning takomillashtirilgan versiyasi haqida bormoqda. Joriy yil boshida kompaniya Kievga Phantom MK-1 modelidagi ikki dona robotni taqdim etgan. Ular xavfli hududlarda logistika vazifalarini bajarish jarayonida sinovdan o‘tkazilgan.
Endilikda esa ishlab chiquvchilar Phantom 2 modelini yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yangi versiyada yuk ko‘tarish quvvati ikki baravar oshirilgani ta’kidlanmoqda. Shuningdek, kompaniya vakillariga ko‘ra, robotning ayrim imkoniyatlari inson salohiyatidan ustun.
Hozircha Ukrainaga yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan robotlar soni ma’lum qilinmagan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
