PSJ “Arsenal”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi va Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” (PSJ) klubi 2025/2026 yilgi Chempionlar ligasi mavsumida g‘olib bo‘ldi. Final o‘yinida ular Londonning “Arsenal” jamoasini mag‘lub etdi. Uchrashuv Budapesht (Vengriya) shahridagi “Pushkash Arena” stadionida bo‘lib o‘tdi.
O‘yindagi hisob 6-daqiqadayoq ochildi — “Arsenal” yarim himoyachisi Kay Gavers jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda PSJ javob qaytardi: 65-daqiqada Usmon Dembele penaltini aniq amalga oshirdi.
Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi, qo‘shimcha 30 daqiqada ham g‘olib aniqlanmadi. Final taqdiri penaltilar seriyasida hal qilindi — unda fransuz klubi futbolchilari aniqroq bo‘lib chiqdi va 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, PSJ hal qiluvchi uchrashuvda “Arsenal”ni mag‘lub etib, Yevropaning eng nufuzli klub turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
