Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentning Janubiy vokzal yo‘li vaqtinchalik yopiladi

Jamiyat 30 may, 12:03
Toshkentning Janubiy vokzal yo‘li vaqtinchalik yopiladi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari sabab ayrim hududda avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi.

Ma’lum qilinishicha, cheklov Janubiy vokzal hududidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishgan qismida joriy etiladi. Gap mazkur yo‘lning taxminan 400 metrlik qismi haqida ketmoqda.

Vaqtinchalik cheklov 2026-yil 31-may kuni soat 23:00 gacha amal qiladi.

Shu davrda transport vositalari harakati maxsus sxema asosida aylanma yo‘nalishlar orqali tashkil etiladi.

Mutasaddilar haydovchilardan yo‘nalishni oldindan rejalashtirish, muqobil yo‘llardan foydalanish hamda yo‘l belgilariga qat’iy amal qilishni so‘radi.

6380

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→