Yangiliklar/Jamiyat

Samarqandda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firmalar rahbarlari qo‘lga olindi

Jamiyat 30 may, 13:27
Samarqandda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firmalar rahbarlari qo‘lga olindi

Samarqandda fuqarolarga xorijda ish topib berishni va’da qilgan kompaniyalar rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, HUMO VIZA va HUMO GROUP NBB kompaniyalari rahbari hamda boshqaruvchisi vizani rasmiylashtirish va ishga joylashtirish xizmatlarini taklif qilgan. Bu xizmatlar uchun ular mijozlardan katta miqdorda pul olgan.

Biroq va’da qilingan xizmatlar bajarilmagan, fuqarolarga pul ham qaytarilmagan. Shuningdek, gumonlanuvchilar nomida shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi yana boshqa firmalar ham bo‘lishi mumkinligi aniqlangan.

Ular qo‘lga olingan, sud tomonidan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov davom etmoqda.

1,0170

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→