Meksikada saylov natijalari tashqi aralashuv holatida bekor qilinishi mumkin

Dunyo 30 may, 12:13
Meksikada saylov natijalari tashqi aralashuv holatida bekor qilinishi mumkin

Meksika Deputatlar palatasi saylovlarga chet el aralashuvi aniqlangan taqdirda ularning natijalarini bekor qilishni nazarda tutuvchi konstitutsion o‘zgartirishlarni qabul qildi, deb xabar bermoqda TASS.

O‘zgartirishlar Konstitutsiyaning 41-moddasiga kiritilmoqda. Hujjat bilan saylovlarni haqiqiy emas deb topish uchun qo‘shimcha asoslar belgilanyapti.

Taklif 307 nafar deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, 128 nafari qarshi ovoz berdi, yana bir deputat betaraf qoldi.

Yangi tartibga ko‘ra, agar xorijiy davlatlar, siyosiy kuchlar yoki tashqi moliyalashtirishning saylovlarga ta’siri isbotlansa, natijalar ayrim uchastkalarda ham, butun mamlakat miqyosida ham bekor qilinishi mumkin.

El Universal nashri yozishicha, tashabbus muallifi — hukmron partiya vakili Rikardo Monreal hisoblanadi.

5710

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→