Latviya Rossiya bilan chegarada tankka qarshi to‘siqlar o‘rnatishni boshladi

Latviya Qurolli kuchlari may oyida Rossiya bilan chegara bo‘ylab “ajdarho tishlari” deb ataladigan tankka qarshi to‘siqlarni o‘rnatishni boshladi.
Har bir beton blokning vazni taxminan bir yarim tonnani tashkil etadi. Harbiylar ta’kidlashicha, texnika ular orasidan o‘ta olmasligi uchun to‘siqlar juda zich joylashtirilmoqda.
Mazkur ishlar 2025-yil oktabrda qabul qilingan qarshi-harakat infratuzilmasini yaratish to‘g‘risidagi qonun asosida olib borilmoqda. Unga ko‘ra, harbiylar mudofaa ehtiyojlari uchun xususiy yerlarni davlat foydasiga majburiy tartibda olish huquqiga ega.
Chegara bo‘ylab shakllantirilayotgan mudofaa liniyasi nafaqat ehtimoliy tahdidni to‘xtatishga, balki uni imkon qadar erta bosqichda bartaraf etishga qaratilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
