AQSh Eron hududiga zarba berdi, Tehron javoban hujum qilganini bildirdi

Dunyo 28 may, 10:18
AQSh Eron hududiga zarba berdi, Tehron javoban hujum qilganini bildirdi

AQSh Eronning Bandar-Abbos shahridagi harbiy obyektga zarba bergan, deb xabar beradi Reuters manbaga tayanib. Uning aytishicha, Ormuz bo‘g‘ozi hududida amerikalik harbiylar to‘rtta uchuvchisiz uchish qurilmasini ham yo‘q qilgan.

Qayd etilishicha, zarba yana bir dron uchirilishi rejalashtirilgan yer usti boshqaruv punktiga qaratilgan. Amaliyot mudofaa xarakteriga ega deb baholangan.

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi esa bunga javoban AQShning harbiy aviabazasiga zarba berilganini ma’lum qildi. Tehronda bu hodisa ogohlantirish sifatida talqin qilinib, vaziyat keskinlashsa yanada qat’iy choralar ko‘rilishi mumkinligi aytildi.

Qaysi aviabaza nishonga olingani ochiqlanmadi. Shu bilan birga, Kuvayt rasmiylari o‘z hududida — u yerda AQSh harbiy obyektlari joylashgan — raketa va dronlar ushlab qolinganini bildirdi.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, bundan oldin Eron harbiylari Ormuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanayotgan AQSh neft tankeriga qarata o‘t ochgan, shundan so‘ng kema yo‘nalishini o‘zgartirgan.

6010

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→