Yangiliklar/Iqtisod

O‘zbekistonda yangi suv omborlari qurilishi boshlanadi

Iqtisod 27 may, 16:28
O‘zbekistonda yangi suv omborlari qurilishi boshlanadi

O‘zbekistonda 2027-yildan boshlab beshta sel-suv omborini qurish rejalashtirilgan. Ushbu tashabbus toshqin va sel suvlaridan samarali foydalanish, suv zaxiralarini ko‘paytirish hamda qishloq xo‘jaligi yerlarini kengaytirishga qaratilgan. Tegishli chora-tadbirlar prezident qarorida belgilangan.

Yangi obyektlar Samarqand, Toshkent va Jizzax viloyatlarida barpo etiladi. Loyihalar amalga oshirilishi natijasida Samarqand viloyatida qariyb 7 ming gektar, Toshkent viloyatida 2 ming gektar, Jizzax viloyatida esa 300 gektar yerning suv ta’minoti yaxshilanadi. Shuningdek, qo‘shimcha yer maydonlarini o‘zlashtirish imkoniyati ham yaratiladi.

Hujjatga ko‘ra, loyihalarni amalga oshirish va infratuzilmani rivojlantirish davlat-xususiy sheriklik asosida olib boriladi. Ayrim obyektlar “Agrobank” mablag‘lari hamda xususiy investorlar ishtirokida moliyalashtiriladi.

Bundan tashqari, suv omborlari atrofida turistik va rekreatsion hududlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu esa baliqchilikni rivojlantirish, dam olish maskanlarini yaratish va qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

4520

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→