Makka shahrida +45°C harorat: hojilarga tibbiy yordam dronlar orqali yetkazilmoqda

Dunyo 27 may, 10:16
Makka shahrida +45°C harorat: hojilarga tibbiy yordam dronlar orqali yetkazilmoqda

Saudiya Arabistonida haj mavsumi davomida kuzatilayotgan kuchli issiq tufayli tibbiy xizmatlarda zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilmoqda. Makka shahrida havo harorati +45°C ga yetgani sababli hojilarga tezkor yordam ko‘rsatish choralariga alohida e’tibor qaratilgan.

Ma’lum qilinishicha, odamlar gavjum bo‘lgan hududlarda operativ xizmat ko‘rsatish uchun dronlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Ular orqali dori-darmonlar, birinchi tibbiy yordam vositalari hamda zarur tibbiy jihozlar qisqa vaqt ichida yetkazib berilmoqda.

Bu yondashuv favqulodda holatlarda tezkorlikni oshirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

830

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→