Xitoy insoniyatning uzoq muddatli fazoviy tadqiqotlarini boshladi

Xitoyning “Shenchjou-23” pilotli kosmik kemasi “Tyangun” orbital stansiyasiga muvaffaqiyatli tutashdi. Tutashuv 25-may kuni Pekin vaqti bilan soat 02:45 da amalga oshirildi. Shundan so‘ng ekipaj stansiyaga o‘tdi.
Kema bortida uch nafar taykonavt bor: Chju Yanchju, Chjan Chjiyuan va Li Szzyan. Ular 2025-yil oktyabridan beri stansiyada ishlayotgan ekipajni almashtiradi.
Missiya davomida kosmosda uzoq vaqt qolish inson organizmiga qanday ta’sir qilishini o‘rganish rejalashtirilgan. Xususan, radiatsiya ta’siri, suyak zichligining kamayishi va yopiq muhitdagi hayot sharoitlari tekshiriladi. Shuningdek, hujayralar bilan bog‘liq tajribalar ham davom ettiriladi.
Ekipaj a’zolaridan biri stansiyada taxminan bir yil qolishi kutilmoqda. Olingan natijalar kelgusida Oyga parvozlarni tayyorlashda qo‘llanadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
