Toshkent viloyatida og‘ir kasallikka chalingan bolalarga davolanish uchun vaucherlar berilmoqda

Toshkent viloyatida og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarga davolanish uchun vaucherlar berila boshlandi. Mablag‘lar Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Vaqf” jamg‘armasi orqali ajratilgan.
Jarayonni muvofiqlashtirish uchun tibbiyot muassasalari mutaxassislaridan iborat shtab tashkil etilgan. Vaucherlar tarqatish ishlari Angren shahrida boshlangan.
Viloyatga jami 1100 ta vaucher ajratilgan. Shundan 299 tasi og‘ir va nogironlikka olib keluvchi kasalliklarga chalingan bolalarga berilib, ular uchun murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, 216 nafar bemor onkologik va gematologik kasalliklar bo‘yicha tekshiruv va davolanishdan o‘tadi. Yana 4 nafar bemorda jigar va buyrak transplantatsiyasi amalga oshiriladi.
Mazkur chora-tadbirlar Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Avvalroq ushbu maqsadlar uchun “Vaqf” jamg‘armasi orqali 690 milliard so‘m ajratilishi ma’lum qilingan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
