Oʻzbekistonda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” chogʻida 238 nafar maktab oʻquvchisi paytida 238 nafar maktab o‘quvchisi avtomashinani boshqargani ma’lum bo‘ldi

«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari vaqtida YHXX xodimlari rulda o‘tirgan 238 nafar o‘quvchini aniqladi.
Qoidabuzarliklar 25-may kuni soat 07:00 dan 14:00 gacha qayd etilgan. Shu vaqt oralig‘ida o‘quvchilar tadbirlarga avtomobilda kelgani kuzatilgan — asosan ota-onasiga tegishli yoki ijaraga olingan mashinalarda.
YHXX matbuot kotibi Zoir Yo‘ldashevga ko‘ra, qoidabuzarlar orasida faqat 11-sinf o‘quvchilari emas, balki 9-sinf va hatto 8-sinf o‘quvchilari ham bor.
YHXX bunday holatlar jiddiy xavf tug‘dirishini eslatdi. Ota-onalardan farzandlariga e’tiborliroq bo‘lish va ularning rulga o‘tirishiga yo‘l qo‘ymaslik so‘raldi — bu nafaqat bolalarning, balki atrofdagilarning hayoti uchun ham xavfli ekani ta’kidlandi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
