Yangiliklar/Jamiyat

O‘zbekistonda qabristonlar uchun QR-kod orqali xayriya joriy etildi

Jamiyat 25 may, 14:13
O‘zbekistonda qabristonlar uchun QR-kod orqali xayriya joriy etildi

O‘zbekistonda qabristonlarni obodonlashtirish uchun xayriya mablag‘larini QR-kod orqali yuborish imkoniyati joriy etildi. Tegishli hukumat qarori 21-maydan kuchga kirdi.

Endilikda fuqarolar mobil ilovalar orqali istalgan qabriston uchun soddalashtirilgan tartibda pul o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. Ushbu mablag‘lar faqat qabristonlarni saqlash va ta’mirlashga yo‘naltiriladi, ularni boshqa maqsadlarda ishlatish taqiqlanadi.

Shuningdek, 1-dekabrdan boshlab mahallalar Obodonlashtirish boshqarmasiga ariza topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Arizalarda aniq qabristonlar bo‘yicha qaysi ishlar zarurligi ko‘rsatiladi.

Avvalroq hukumat qabristonlarni tartibga keltirish bo‘yicha uch yillik dastur boshlanganini ma’lum qilgan edi. Dastur doirasida mamlakat bo‘ylab 10 mingdan ortiq qabristonni obodonlashtirish rejalashtirilgan. Bunga jami 1,6 trillion so‘m ajratiladi.

4470

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→